Qozogʻistonlik erkak 10 qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi (video)

1 daqiqa o'qish4.4K
Qozogʻistonlik erkak 10 qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi (video)
Ostonalik erkak 10-qavatdan tushib ketgan bolani ushlab qoldi. Xabar qilinishicha, hodisa kecha, 25 sentyabr kuni sodir boʻlgan. Uyning 10-qavatida yashaydigan bolakay uyda yolgʻiz qolgan. U koʻchaga chiqmoqchi boʻlgan, ammo eshik yopiq boʻlgan. Shundan soʻng u oynaning hashoratlardan saqlovchi toʻrini yirtmoqchi boʻlib yiqilib ketgan va karnizga osilib qolgan.

Bir qavat pastda yashovchi qoʻshni bolaning ovozini eshitib ayvonga chiqqan va osilib turgan bolani koʻrgan. Bola tushib ketayotganda erkak uni ushlab qolgan.

“Birinchi bor shunday holatga tushishim. Yaxshilab oʻrnashib olib qoʻlimni unga toʻgʻriladim. U 15 soniyacha osilib turdi va tushib ketdi. U mening qavatimgacha uch metrcha tushgunicha uni muvaffaqiyatli ushlab qola oldim”, — deydi bolakayni qutqargan erkak.

Bola qutqarilishi bilan voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar yetib kelishgan. Unga tibbiy yordam koʻrsatish zaruriyati tugʻilmagan. Bola ota-onasiga topshirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?