13:01 / 27.09.2018
3 635

Tramp BMTdagi nutqi vaqtidagi kulgiga izoh berdi (video)

Tramp BMTdagi nutqi vaqtidagi kulgiga izoh berdi (video)
AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi ochilishidagi nutqi vaqtida ishtirokchilar uning ustidan kulishmaganini aytdi.

Tramp 73-sessiyasidagi nutqini uning Oq uyga kelishi bilan AQSHdagi ishlar yurishib ketgani haqidagi soʻzlar bilan boshlagan. U ikki yil ichida undan avvalgi prezidentlar erishganidan koʻproqqa erisha olganini aytgan. Uning bu soʻzlaridan keyin zalda kulgi koʻtarilgan.

“Bunday munosabatni kutmagandim, biroq hammasi risoladagidek”, deb biroz xijolat tortgan holda aytgan Tramp va oʻz nutqini davom ettirgan.

“Ular mening ustimdan emas, balki men bilan birga kulishdi. Bu mening ustimdan kulish boʻlmadi”, deb izoh bergan vaziyatga Tramp, biroq nima uchun bunday oʻylashini aytmagan.

“Men aksariyat qismi boshqa davlatlar yoki BMTdan boʻlgan yuqori darajadagi professional odamlar guruhi oldida nutq soʻzladim. Olqishlar, qarsakbozliklar, tabassumlarni uncha xush koʻrmaydigan odamlar oldida. Men biroz shovqinni eshitib “Davlatimiz har qachongidan kuchliroq” deb aytdim. Va bu aynan shundaydir. Men yana shovqin eshitdim va “Bu haqiqatdir” deb qoʻshimcha qildim. Shundan keyin kulgi ovozi eshitildi. Men bunday boʻlishini kutmaganimni aytdim”, deb qoʻshimcha qilgan Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp BMTdagi nutqi vaqtidagi kulgiga izoh berdi (video)