Daniyalik biolog bahaybat timsoh bilan xavfli tryuk qildi (video)

1 daqiqa o'qish4.4K
Daniyalik biolog bahaybat timsoh bilan xavfli tryuk qildi (video)
Daniyalik 22 yashar biolog Nils Jensen va uning doʻsti Avstraliyadagi yovvoiy tabiat bagʻrida qurilgan xiyobonga sayohat qilishdi. Va u yerda bahaybat timsoh bilan hayot uchun oʻta xavfli tryuk qilishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Sayyoh 4,7 metr keladigan timsohni vallabi (kengurular oilasiga kiruvchi uncha katta boʻlmagan jonzot) goʻshti bilan siyladi. Yirtqich goʻshtni paqqos tushirayotgan vaqt, Nils uning ustiga chiqib oʻtirib oldi.

Biologning aytishicha, bu juda qiziqarli, shu bilan birga, juda xavfli ham boʻlgan.

“Men oʻzim uchun yangi boʻlgan turlar bilan tanishishni yaxshi koʻraman. Menga timsoh yoniga yaqinlashish imkoniyati paydo boʻlsa, bu ishni amalga oshirishga majburman. Koʻpchilik meni telba ham deb ataydi”, — dedi u.

Biolog yovvoyi tabiat bagʻrida tushgan surat va videolarini tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib turadi. Uni hatto “daniyalik Timsoh Dandi” deb ham atashadi.

Avstraliya hukumati sayyohning bu ishini qoraladi. “Videoda koʻrsatilgan xatti-harakat xavfli va shafqatsiz. Biz timsohlarga nisbatan bunday munosabatni oqlamaymiz”, — dedi mamlakat yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boʻlimi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Treysi Duldig.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?