Hindistonda timsoh 12 yoshli bolaga hujum qildi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida ro‘y bergan fojiali hodisa mahalliy aholini larzaga soldi. 16 iyul kuni Bahraych tumanida 12 yoshli bola daryo bo‘yida timsoh hujumiga uchrab, halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oltinchi sinf o‘quvchisi amakisi bilan sholi dalasida ishlagach, uyiga qaytayotib daryo bo‘yida qo‘l-oyoqlarini yuvayotgan paytda timsoh unga tashlangan. Yirtqich bolaning oyog‘idan tishlab, uni suvga sudrab ketgan.
Voqeadan so‘ng mahalliy aholi va qutqaruvchilar qidiruv ishlarini boshlagan. Taxminan besh soat davom etgan qidiruvdan keyin bolaning jasadi daryodan topilgan.
O‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari timsoh jasadga qisman shikast yetkazganini ma’lum qilgan. Shuningdek, mahalliy politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib borayotganini hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan voqea aks etgan videoning haqiqiyligini tasdiqlagan.






























Izohlar 0
…