“Xalaqit bermanglar!” - Gruziya bosh vaziri Rossiyaga murojaat bilan chiqdi

1 daqiqa o'qish4.5K
“Xalaqit bermanglar!” - Gruziya bosh vaziri Rossiyaga murojaat bilan chiqdi
BMT Bosh assambleyasida qilgan chiqishida Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadze Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisiga murojaat yoʻlladi. Uning maʼlum qilishicha, mamlakati kelajagi - respublikalar bilan birga. Bu haqda RIA “Novosti”ga asosan Kun.uz xabar bermoqda.

Baxtadzening maʼlum qilishicha, Gruziya tomoni mintaqalar mustaqilligi boʻyicha bahsni “suverenitet, hududiy yaxlitlik, inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro huquq tamoyillariga hurmat prinsiplari asosida” hal qilmoqchi.

“Bugun men shu minbardan turib Abxaziya va Osetiyadagi vatandoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. Gruziyaning har bir yutugʻi - sizning yutugʻingiz... Biz kelajagimizni faqat sizlar bilan birga koʻryapmiz”, - dedi Baxtadze.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisi Gruziya fuqarolarida bor boʻlgan barcha eng yaxshi narsalardan foydalanish imkoniga ega boʻlishi kerak - taʼlim, tibbiyot, Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejim.

“Men yana bir marta Rossiyaga murojaat qilmoqchiman - bizning tinch tashabbuslarimizga toʻsqinlik qilmang va xalaqit bermang”, - deya maʼlum qildi Baxtadze.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Osetiya rahbari Gruziya bilan muloqot uchun shartini aytgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?