AQSH Rossiyaning dengizdan qamal qilinishi mumkinligini aytdi

1 daqiqa o'qish4.7K
AQSH Rossiyaning dengizdan qamal qilinishi mumkinligini aytdi
AQSH zarurat boʻlganda Rossiyaning Yaqin Sharq davlatlariga energiya tashuvchilarni yetkazishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uni dengizdan qamal qilishi mumkin. Bunday fikrni AQSH ichki ishlar vaziri Rayan Zinke Pittsburgdagi sanoat tadbirida aytib oʻtdi.

“Bizda harbiy-dengiz kuchlarimiz evaziga dengiz aloqa yoʻllari ochiq qolishini kafolatlash va Rossiya energiya tashuvchilari bozorga tushmasligi uchun ularni zarurat boʻlganda toʻsishga imkoniyat bor”, deb aytgan Zinke.

Zinke Rossiya iqtisodiyoti uchun yagona daromad manbai energiya tashuvchilarni sotish hisoblanishini aytgan. Uning taʼkidlashicha, Rossiya Yaqin Sharqda oʻz nefti va gazini Yevropada sotayotgandek sotish uchun u yerda faol siyosat olib bormoqda.

Zinkening aytishicha, Eron bilan bogʻliq vaziyat Rossiya bilan bogʻliq vaziyat kabidir va bu masalalarni hal qilishning ikki varianti bor.

“Harbiy variant bor, men uni qoʻllashni istamasdim. Shuningdek, iqtisodiy variant mavjud, u bosim oʻtkazish va bozordan energiya resurslarni siqib chiqarishdan iborat. Biz buni qila olamiz, chunki AQSH eng yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchi davlatdir”, deb oʻz soʻzlarini intiholagan Zinke.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?