Tramp: “Agar spirtli ichimlik isteʼmol qilganimda dahshatga aylanardim”

1 daqiqa o'qish4K
Tramp: “Agar spirtli ichimlik isteʼmol qilganimda dahshatga aylanardim”
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanda umrida spirtli ichimlik, hattoki pivo isteʼmol qilmaganini aytdi.

“Men spirtli ichimlik isteʼmol qilmayman. Men umrimda hattoki pivo ichmaganimni ayta olaman. Bu yaxshi odatlarimdan bittasidir”, deb aytgan Tramp.

“Men hattoki bir bokal spirtli ichimlik ichmaganman. Men biror munosabat bilan ham ichmaganman. Faraz qiling, men ichganimda nima boʻlardi? Qanday dahshat boʻlardim. Dunyodagi eng yomon odamga aylangan boʻlardim. Men hech qachon ichmaganman, okey?”, deb qoʻshimcha qilgan AQSH prezidenti.

Tramp buni CNN muxbirining iltimosiga binoan maʼlum qilgan. Tramp AQSH oliy sudi sudyasi nomzodiga ilgari surgan Brett Kavano kongressdagi eshituvlarda bir necha yil avval mast holatda bir ayolga tegajogʻliq qilgani yuzasidan bildirilgan ayblovlarga pivoni yaxshi koʻrishini, biroq hech qachon mast boʻlguncha ichmaganini aytgan. Tramp shu munosabat bilan CNN muxbirining savoliga Kavanoning bu odati unga xos emasligini aytgan.

CNNʻning taʼkidlashicha, Tramp bir yil avvalgi intervyusida ichkilikbozlik bilan muammolarga ega boʻlgan akasi Fredning taʼsiri ostida hech qachon spirtli ichimlik ichmaganini aytgan. Fred Tramp 1981 yilda 43 yoshida vafot etgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?