Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston xalqiga anʼanaviy murojaat bilan yuzlandi (video)

1 daqiqa o'qish4.9K
Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston xalqiga anʼanaviy murojaat bilan yuzlandi (video)
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston xalqiga anʼanaviy murojaat bilan yuzlandi.

Murojaat mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolari va qozogʻistonliklar turmush tarzini yanada yaxshilash vazifalariga bagʻishlangan.

Milliy telekanallar mamlakat rahbari murojaatining jonli translyatsiyasini olib borishgan.

Nazarboyev oʻz murojaatida iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish va uy-joy kommunal xoʻjaligidagi narxlarda tartib oʻrnatish; biznesni adolatsiz maʼmuriy bosim va jinoiy taʼqib tahdidlaridan himoyalashni oshirish; eksportga yoʻnaltirilgan sanoatlashtirish iqtisodiy siyosatning markaziy unsuri boʻlishi; moliyaviy sektorning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish va uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash lozimligini aytgan.

Qozogʻiston prezidenti aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida 5 yil davomida taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash uchun xarajatlarni YAIMning 10 foiziga yetkazish; maktabgacha taʼlim sifatini tubdan yaxshilash; “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish; hududiy darajada ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish; qozogʻistonliklar sifatli oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishlari; aholini sifatli va arzon uy-joy bilan taʼminlash zarurligini taʼkidlab oʻtgan.

Nazarboyev davlat boshqaruvi tizimida ham bir qator vazifalarni amalga oshirish zarurligini aytib oʻtgan. Jumladan, huquq-tartibot idoralari faoliyatida chuqur va samarali islohotlarni amalga oshirish, sud tizimini yanada modernizatsiyalash; davlat idoralari ishi samaradorligini tubdan yaxshilash; korrupsiyaga qarshi faol kurashni davom ettirish; hukumat va barcha davlat idoralari ishida rasmiyatchilik va qogʻozbozchilikni kamaytirish lozimligi taʼkidlab oʻtilgan.

Qozogʻiston prezidenti mamlakatni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun faol tashqi siyosatni olib borish zarurligini qoʻshimcha qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?