“Bu toshning bahosini bilganida edi, hech qachon uni ikkiga boʻla olmasdi”

1 daqiqa o'qish4.6K
“Bu toshning bahosini bilganida edi, hech qachon uni ikkiga boʻla olmasdi”
Afrikalik savdogar olmos tosh sotib oldi. Hajmi tuxumning sarigʻidek edi. Ammo uning kamchiligi bor edi. Oʻrtasiga darz yetgandi.

Bu narsa esa uning goʻzalligi va qiymatiga futur yetkazardi.

U zargarning yoniga madad soʻrab bordi... Zargar uni aylantirib-aylantirib koʻrib:

– Agar buni shu darz ketgan joyidan teng ikkiga boʻlinsa, qiymati butun holatidagidan koʻra qimmatroq boʻladi. Ammo bu ish mening qoʻlimdan kelmaydi. Olmosni boʻlishning oʻzi oson emas. Salgina notoʻgʻri zarba uni arzimas parchalarga boʻlib tashlashi mumkin, – dedi.

Savdogar uning oldidan chiqib zargar izlay boshladi. Qaysi biriga koʻrsatmasin, bu ishni qilishdan bosh tortishar, qimmat baho toshga qoʻl tekkizishdan qoʻrqishar edi.

U oxiri Amsterdamgacha yetib bordi.

Unda yoshi ulugʻ mohir zargarni topdi.

Lekin u ham boshqa hamkasblari qatori bu ish juda mushkulligi va ozgina ehtiyotsizlik toshning qiymatiga futur yetkazishidan ogohlantirdi. Ammo savdogarning sabri tugagan, hech qanday gap – soʻzni eshitgisi kelmasdi.

Moʻysafidning doʻkonini bir burchagida yoshgina yigit ularga orqa oʻgirib ish bilan mashgʻul edi. Zargar uni chaqirdi. Shogird ularning yoniga keldi. Ustozi unga toshni berib:

– Buni ikkiga boʻlib kel! – dedi. Hech qancha vaqt oʻtmay ikki boʻlak goʻzal toshni cholning kaftiga qoʻydi.

Savdogar hangu – mang boʻlib, zargarga dedi:
– Qanday yaxshi, shundoqqina azamat, tajribali shogirdingiz bor ekan.

Zargar dedi:
–Bu yigitning shogird tushganiga endigina uch kun boʻldi. Agar u bu toshning bahosini bilganida edi, hech qachon uni ikkiga boʻla olmasdi.

Manba: Azon.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?