13:03 / 09.10.2018
3 857

“Harbiy shifokor va GRU zobiti”. “Aleksandr Petrov”ning haqiqiy ismi maʼlum qilindi

“Harbiy shifokor va GRU zobiti”. “Aleksandr Petrov”ning haqiqiy ismi maʼlum qilindi
Solsberidagi zaharlash bilan bogʻliq holatda gumonlanayotgan “Aleksandr Petrov” GRU zobiti Aleksandr Mishkin boʻlib chiqdi. Bu haqda The Insider internet-nashri va Bellingcat tadqiqot guruhining qoʻshma tekshiruvida aytiladi.

Bellingcatʻning yozishicha, Mishkin 1979 yil 13 iyulda Arxangelsk oblastining Loyga qishlogʻida tugʻilgan, eng nufuzli harbiy tibbiy akademiyalardan birini tamomlagan, u yerda Rossiya harbiy-dengiz floti uchun harbiy shifokor kasbini egallash uchun tahsil olgan. Bellingcat maʼlumotlariga koʻra, Mishkin oʻqish paytida GRU xizmatiga kirgan va 2010 yilda Moskvaga koʻchib oʻtgan.

Nashrdan bildirilishicha, Moskvada Mishkin Xoroshevskiy shosse, 76-b uyda roʻyxatdan oʻtgan - bu manzil Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtab Bosh boshqarmasining qarorgohi manziliga toʻgʻri keladi (sobiq GRU).

Bi-bi-si bu maʼlumotni rossiyaliklar shaxsiy maʼlumotlari bazalari biridan tasdiqlatib oldi.

Moskvaga koʻchib oʻtish va “Aleksandr Petrov”ga aylanishdan oldin Mishkin Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasida oʻqigan boʻlishi mumkin. 2007 yilda Mishkin Sankt-Peterburgda, Akademik Lebedev koʻchasi, 12-uy manzili boʻyicha roʻyxat oʻtgan - bu akademiya yotoqxonasidir. Peterburgda u pasport va shaxsiy hisob raqami sugʻurtasini olgan.

Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasi - Rossiyada harbiy shifokorlarni professional tayyorlash boʻyicha asosiy markaz. Akademiyada oltita harbiy tayyorgarlik fakulteti va bitta oddiy shifokorlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish fakulteti mavjud. Harbiy xizmatchilar uchun oltita fakultet orasida harbiy-dengiz floti uchun shifokorlar tayyorlash fakulteti ham bor.

Rossiya Mudofaa vazirligi veb-saytida koʻrsatilishicha, akademiya kursantlari sohil obyektlari va atom energetika qurilmalariga ega kemalarda radiatsiya xavfsizligini taʼminlash, harbiy-dengiz flotining turli obyektlarida radiatsiya avariyalari oqibatlarini bartaraf etishning tibbiy jihatlariga ham oʻqitiladi.

Oʻz navbatida, London politsiyasi The Insider va Bellingcat nashrlarining xabariga izoh berishdan bosh tortdi, deya maʼlum qildi Reuters.

“Biz ularning gumondor shaxslar mavzusi boʻyicha taxminlariga izoh bermaymiz”, - deyiladi bayonotda.

Reutersʻning taʼkidlashicha, avvalroq Britaniya politsiyasi Skripallarni zaharlashda gumon qilinayotgan Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov taxallusdan foydalanganliklari haqida maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Harbiy shifokor va GRU zobiti”. “Aleksandr Petrov”ning haqiqiy ismi maʼlum qilindi