BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi mutaxassislari tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha turishi va odamlar o‘z daromadining necha foizini uni tayyorlashga sarflashini o‘rganishdi.
BMT yangiliklar markazi xabariga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida bir kosa sho‘rva olish uchun mahalliy aholi vakili o‘rtacha kunlik daromadining yarim foizini xarj qiladi. Janubiy Sudanda esa bu ko‘rsatkich uch yuz barobar (201 foiz) ko‘p ekan. Ya’ni bu mamlakatda odam bir kosa sho‘rva ichishi uchun ikki kun ishlashi kerak.
Mintaqamiz davlatlaridan Tojikistonda aholi kunlik daromadining 9 foizini, Qirg‘izistonda 10,4 foizini bir likopcha ovqat uchun sarflaydi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida sayyoramizda 820 million kishi to‘yib ovqatlanmasligini qayd etib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi