
Peru prezidenti Martin Viskarra mamlakatdan korrupsiyada gumon qilinayotgan, oliy sudning sobiq sudyasi Sesar Inostrosa qochganidan keyin mamlakat ichki ishlar vaziri Mauro Medinaning iste’fosini qabul qildi.
“Bo‘lib o‘tgan voqealarning jiddiyligini hisobga olib, men ichki ishlar vaziri iste’fosini qabul qilishga qaror qildim. Biz korrupsiyaga qarshi kurashimizda to‘xtamaymiz”, deb yozgan Peru prezidenti tvitterdagi sahifasida.
Inostrosa oktyabr boshida oliy sudda jinoiy korrupsiyaviy to‘dani tashkil etgani gumoni bilan parlament tomonidan o‘z lavozimidan olingan. U hozir Ispaniyada bo‘lib, Peru uning topshirilishiga umid qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar