15:22 / 18.10.2018
3 351

Ispaniya qiroli Madrid metrosiga tushdi (foto)

Ispaniya qiroli Madrid metrosiga tushdi (foto)
Foto: «RIA Novosti»
Ispaniya qiroli Felipe VI Madrid metrosiga tushdi va unda «Tuz» bekatidan «Chamartin» bekatigacha bordi. Taxminan shu yo‘nalish bo‘ylab uning bobosining otasi qirol Alfonso XIII Madrid metrosining birinchi poyezdida 99 yil avval — 1919 yilning 17 oktyabrida, metroning rasmiy ochilish kunida harakatlangan. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Qo‘riqchilar bilan o‘rab olingan davlat rahbarini vagondan chiqqan ko‘p sonli xorijlik sayyohlar tanimadi, shu vaqtda qirol ham vagonga kirgan. Biroq qarama-qarshi platformadagi yo‘lovchilar davlat rahbarini ko‘rib, «Yashasin Ispaniya!», «Yashasin qirol», deb qichqirishni boshlagan.

Foto: «RIA Novosti»
Davlat rahbari metrodagi safarini mamlakat sanoat vaziri Reyes Maroto va Madrid hamjamiyati hukumati rahbari Anxel Garrido hamrohligida amalga oshirgan. «Chamartin» bekatiga yetib borgach, qirol «Tarixiy poyezdlar» ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan. Ko‘rgazmaga Madrid metropoliteni poyezdlari, shu jumladan, uning bobosi 99 yil avval harakatlangan poyezd ham qo‘yilgan.

Foto: «RIA Novosti»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya qiroli Madrid metrosiga tushdi (foto)