Marokash Ispaniya shaharlarini qaytarishni talab qildi

Marokash Ispaniya shaharlarini qaytarishni talab qildi

Shimoliy Afrika sohilida, O‘rta yer dengiziga qaragan hududda Ispaniyaga qarashli ikki shahar joylashgan, deb MSN xabar berdi.

Seuta va Melilya Afrika qit’asida joylashgan bo‘lsa-da, ular Ispaniyaning avtonom anklavlari hisoblanadi. Bu shaharlar asrlar davomida Ispaniya hududi tarkibida bo‘lib kelgan.

Madrid Seuta va Melilya Ispaniyaga tegishli ekanini ta’kidlaydi. Ammo Marokash bu pozitsiyaga qo‘shilmaydi va ushbu hududlarni qaytarishni bir necha bor talab qilgan.

Bu ikki shahar XVI asrdan beri urushlar, siyosiy bahslar va diplomatik tangliklar markazida bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi vaqtlarda Vashingtonda joylashgan tahlil markazlaridan biri AQSH hukumatini Seuta va Melilyani Marokashning bosib olingan hududi deb e’lon qilishga chaqirgan.

Shu sababli bu ikki shaharning tarixi, maqomi va kelajagi hanuzgacha Ispaniya va Marokash o‘rtasidagi eng nozik masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar