
Qozog‘iston chegara nazoratchilari o‘zbekistonlik fuqaroni mamlakatdan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan pullarni chegaradan noqonuniy olib o‘tayotganda qo‘lga olishdi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatining ma’lum qilishicha, tekshiruv vaqtida Sariog‘och uchastkasida joylashgan "Kazigurt avto" chegara nazorati bo‘limi bojxona xizmati bilan hamkorlikda “Lexus 570” avtomobilining haydovchisi yonida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 40,1 ming AQSh dollari borligi aniqlangan.
Yana bir o‘zbekistonlik esa qiymati 15 ming AQSh dollariga teng 449 ta gaz hisoblagichni "Ribache-Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdida noqonuniy olib chiqib ketishga uringan vaqtda "Sariog‘och temir yo‘li" chegara bojxona postida qo‘lga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar