«Fulhem» Madriddan yangi yulduz olib keldi: Manuel Anxel nega Londonni tanladi?

Madridning «Real» klubi o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha an’anaviy siyosatini davom ettirib, yana bir iqtidorli futbolchisini Angliya Premer-ligasiga yo‘lladi. «Qirollik klubi» yoshlar jamoasi sardori sanalgan 22 yoshli yarimhimoyachi Manuel Anxel rasman Londonning «Fulhem» klubi a’zosiga aylandi.
Ispaniyalik yosh yulduzning Londonga ko‘chib o‘tishida «Fulhem» bosh murabbiyi etib tayinlangan Alvaro Arbeloaning shaxsiy xohishi hal qiluvchi rol o‘ynadi.
4 million yevro va 50 foizlik huquq: Madridning klassik strategiyasi
Nufuzli Marca nashrining ma’lum qilishicha, transferning moliyaviy va yuridik shartlari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Real»ning foydasi va huquqlari: Madrid grandi 22 yoshli futbolchisining transferidan 4 million yevro ishlab oldi. Shu bilan birga, klub Anxelning iqtisodiy huquqlarining 50 foizini o‘zida saqlab qoldi (bu esa uni kelgusida qayta sotib olish yoki navbatdagi transferidan 50% ulush olish imkonini beradi);
Uzoq muddatli shartnoma: Londonliklar futbolchi bilan 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan rasmiy bitim imzoladi. Kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan;
O‘yin amaliyoti: Manuel Anxel o‘tgan mavsumda «Real»ning asosiy jamoasi tarkibida La Liga bahslarida 4 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan edi.
Arbeloa omili va London chorlovi
Kelishuvning sport jihatidan ahamiyati:
Ishonchli ustoz: Manuel aynan Alvaro Arbeloa qo‘l ostida to‘p surgan paytida «Kastilya»ning haqiqiy yetakchisi va sardoriga aylangan edi. Arbeloa APL klubi tizginini qo‘lga olgach, o‘z ishongan shogirdini birinchilardan bo‘lib Angliyaga chorladi;
APLda yangi bosqich: Yosh yarimhimoyachi «Fulhem»ning markaziy chizig‘ini kuchaytirish barobarida, Premer-liganing shiddatli tempida asosiy tarkib futbolchisi darajasiga ko‘tarilishni ko‘zlamoqda.































Izohlar 0
…