Apple kompaniyasi AQSh prezidenti farmoniga koʻra xarita nomini oʻzgartirdi

AQSh prezidenti maʼmuriyatining rasmiy koʻrsatmasidan soʻng, yirik texnologiya gigantlari xaritalaridagi geografik obyektlar nomini oʻzgartirishda davom etmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, Apple kompaniyasi Google ortidan borib, oʻzining Apple Maps xizmatida Ontario koʻlini rasman Lake America deb oʻzgartirdi. Mazkur oʻzgarish AQSh hududidagi foydalanuvchilar uchun amal qilmoqda va bu mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlar fonida katta eʼtiborni tortmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Qayd etilishicha, ushbu oʻzgarish AQSh prezidenti tomonidan imzolangan ijroiya farmoniga javoban amalga oshirilgan. Hujjatga koʻra, mamlakat ichki ishlar vazirligiga AQSh geografik nomlash xizmati va boshqa federal maʼlumotlar bazalarida koʻl nomini yangilash uchun 30 kun muhlat berilgandi. Farmonda ushbu suv havzasining iqtisodiy ahamiyati eʼtirof etilib, uni Lake America deb qayta nomlash zarurligi taʼkidlangan.
Xarita xizmatlaridagi geografik yondashuvlar
Apple Maps ilovasida joriy etilgan bu oʻzgarish faqatgina AQShdagi foydalanuvchilarga taalluqli hisoblanadi. Kanadadagi foydalanuvchilar uchun avvalgi Ontario nomi saqlanib qolgan boʻlsa, ushbu ikki davlatdan tashqarida boʻlgan foydalanuvchilar xaritada har ikki nomni ham koʻrishlari mumkin. Google kompaniyasi oʻz navbatida xaritadagi nomlar rasmiy hukumat manbalari, jumladan, Geografik nomlar axborot tizimi oʻzgarishlariga mos ravishda yangilanishini tushuntirib oʻtgan.Biroq barcha xarita xizmatlari ham bu siyosatga ergashgani yoʻq. MapQuest xizmati foydalanuvchilar yaxshi tanish boʻlgan eskirgan nomni saqlab qolishini va Ontario koʻli nomini oʻzgartirmasligini maʼlum qildi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ham shunga oʻxshash farmon ortidan Meksika qoʻltigʻi nomi Gulf of America deb oʻzgartirilgan edi va MapQuest oʻsha paytda ham oʻz pozitsiyasida qolgandi.
Raqobat va ilovalar reyvalidagi oʻzgarishlar
Techgigantlarning hukumat farmoniga boʻysunishi raqobatchi xarita xizmatining ommalashishiga sabab boʻldi. MapQuest ilovasining yuklab olish koʻrsatkichlari keskin oshib ketdi va u AQSh App Store doʻkonining Top chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Ushbu natija hatto mashhur ChatGPT ilovasini ham ortda qoldirishga imkon berdi.Shuningdek, MapQuest Google Play doʻkonida ham ilovalar va oʻyinlar umumiy reytingida yuqori oʻrinlarni egallashga erishdi. Kompaniya vakillari X ijtimoiy tarmogʻida bu holatga kinoyali munosabat bildirib, oʻzining mashhurligi oshganidan foydalanuvchilarning xohishi ustun kelganini taʼkidlashdi. Apple va Google kompaniyalari esa ushbu vaziyat yuzasidan qoʻshimcha izoh berishmadi.






























Izohlar 0
…