
1912 yil aprel oyida cho‘kib ketgan Britaniyaning mashhur transatlantik paroxodi «Titanik»ning ikkinchi versiyasi 2022 yilgacha quriladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
The Titanic II Dubay - Sauthempton yo‘nalishi bo‘ylab birinchi safarini amalga oshiradi, so‘ng Nyu-Yorkka yo‘l oladi. Kema avstraliyalik milliarder Klayv Palmerning buyurtmasi bilan Xitoyda quriladi, uning bortida 2400 nafar yo‘lovchi va ekipajning 900 a’zosi joylashishi mumkin bo‘ladi.
Konsepsiyaga ko‘ra, «Titanik» avvalgi versiyasining ichki bezaklari yangi kemada saqlanib qoladi va WiFi bo‘lmaydi. «Blue Star Line «Titanik»ni tiklab, kemaning avvalgi dizayni hamda navigatsiyasini saqlab qoladi. Bu yo‘lovchilarga lyuks klassdagi yuqori qulaylik taqdim etish maqsadida qilinadi», - deya aniqlik kiritdi Blue Star Line kruiz kompaniyasi asoschisi Klayv Palmer.
Dastavval, The Titanic II safari davomida aysberg bilan to‘qnashuv modellashtirilishi rejalashtirilgandi, biroq tanqidga uchragan Klayv Palmer bu g‘oyadan voz kechdi.
«Titanik» transatlantik paroxodning asl versiyasi 1912 yilda Belfastda White Star Line kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha qurilgan. O‘shanda u dunyodagi eng katta kema edi. Biroq, Sauthempton - Nyu-York birinchi qatnovidayoq kema aysberg bilan to‘qnashib, halokatga uchradi. «Titanik» 10 aprel kuni Atlantika okeaniga bortida 1317 nafar yo‘lovchi va ekipajning 908 a’zosi bilan birga chiqqan hamda 14 apreldan 15 aprelga o‘tar tunda cho‘kib ketgan. Fojia 1496 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, «Karpatiya» kemasi esa barcha omon qolganlarni qutqardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar