22:59 / 24.10.2018
4 016

Qanotlari kesilgan shahzoda: Isroil Ibn Salmonning ahvolidan tashvishda

Qanotlari kesilgan shahzoda: Isroil Ibn Salmonning ahvolidan tashvishda
Isroilning “Yediot axronot” gazetasi xavfsizlik va razvedka ishlari bo‘yicha ekspert Ronen Bergmanning fikrlarini chop etdi. Bergmanga ko‘ra, Saudiya va Muhammad ibn Salmon juda kuchli zarbaga uchradi. Buning Yaqin Sharq va unda joylashgan Isroilga ham ta’siri bo‘ladi.

Bergman Isroilning 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limiga sukut saqlashi bilan boshqa davlatlardan ajralib turganiga ishora qildi. U Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida bo‘lgan muloqot o‘z tasdig‘ini topsa, Qoshiqchi ishi bo‘yicha qamoqqa olingan yoki tergov qilinayotgan kishilar Muhammad ibn Salmonga yaqin kishilar bo‘lib chiqishini, ular Muhammad ibn Salmonning boshqa hukumatlar bilan razvedka aloqalarini rivojlantirishda xizmat qilgan bo‘lishlari mumkinligini aytdi.

Ekspertning fikricha, Qoshiqchining o‘ldirilishi butun mintaqaga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muhammad ibn Salmon boshchiligidagi Saudiya Arabistonini esa Tramp va Netanyahu yangi Yaqin Sharqning muhim elementi deb hisoblaydi.

Qulash yoki zaiflik

Bergmanning o‘ylashicha, Muhammad ibn Salmon Tramp va Netanyahuning umidlarini puchga chiqarmaydi. Lekin hozir uning qanotlari kesilgan. Kim biladi, balki u mansabidan ayrilar, balki uning ishni maxfiy olib borish qudrati, razvedkasi Eron va uning ittifoqchilariga qarshi kurashi katta zarar ko‘rar.

Isroil hukumati hozirgacha Qoshiqchi masalasida sukut saqlayapti. Lekin Isroil matbuoti voqeaning Isroil hukumati zarar ko‘radigan tomonlarini – Muhammad ibn Salmonning nufuzi tushishini yorityapti.

“Gaarets” gazetasi chop qilgan maqolada AQShning Tel-Avivdagi sobiq elchisi Dan Shapironing so‘zlari keltirilgan. “Agar Muhammad ibn Salmonning Qoshiqchi ishida qo‘li borligi isbotlansa, bu Isroil uchun katta falokat bo‘ladi. Chunki Isroil Saudiyani Eronga qarshi kurashning asosi sifatida ushlab turishni xohlaydi”, – deb aytgan sobiq elchi.

Ehtiyot bo‘ling

Muhammad ibn Salmonning valiahdligidan va AQSh kabi ittifoqdoshligidan manfaatdor bo‘lgan Isroil Qoshiqchi masalasida Ibn Salmon bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lishni tavsiya qildi. Shuningdek, Tel-Aviv Amerika homiyligida Yaqin Sharqdagi undan boshqa hech bir ittifoqchisini Eronga qarshi qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.

Oldinroq “Gaarets” gazetasi jurnalist Sviya Grinfildning maqolasini chop etgandi. Unda Qoshiqchining o‘limi masalasida Saudiya Arabistoni valiahdi bilan yumshoq muomalada bo‘lishga chaqirilgan.

“Muhammad ibn Salmon Isroil 50 yildan beri kutayotgan rahbar. Uning ketishi Isroil uchun halokat bo‘ladi. Isroilliklar 50 yilda buyon Isroil bilan ittifoqdosh bo‘ladigan arab rahbari chiqishini so‘rab duo qiladi. Bu rahbar oxiri Muhammad ibn Salmon ko‘rinishida namoyon bo‘ldi”, – deyiladi maqolada.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qanotlari kesilgan shahzoda: Isroil Ibn Salmonning ahvolidan tashvishda