12:10 / 15.11.2018
3 171

Putin Singapurda metallqidirgich ramkasidan o‘tishga majbur qilindi (video)

Putin Singapurda metallqidirgich ramkasidan o‘tishga majbur qilindi (video)
Singapurda Rossiya-ASEAN sammiti oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘rnatilgan tartib-qoidaga zid ravishda metallqidirgich ramkasidan o‘tishga majbur qilishdi. Bu haqda Kreml muxbirlari qatoriga kiruvchi “Kommersant” muxbiri Andrey Kolesnikov xabar qildi.

Muxbirning aytishicha, sammit o‘tgan Suntec savdo-ko‘rgazma markazida Putin har doimgidek metallqidirgich ramkasi yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lganda, uni ramka orqali o‘tishga yo‘naltirishgan. Kolesnikovning ta’kidlashicha, bu “hech kuzatilmagan noodatiy hodisa” bo‘lgan: prezidentlarga odatda “har doim mavjud va biror ustunchalar bilan chegaralab qo‘yiladigan” qo‘shimcha o‘tish joyi ochiladi.

Muxbirning qo‘shimcha qilishicha, Putin ramkadan o‘tayotganda u ishlab ketgan.

“Kommersant” muxbirining ma’lum qilishicha, shuningdek, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov prezidentni samolyot trapi oldida kutib oladigan vaqtda avtobusda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, rus nashrlaridan yana biri Rossiya delegatsiyasi a’zolari, jumladan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Singapur yetakchisi Halima Yoqub kirib kelishi oldidan “davrani kengroq olish uchun” xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan orqaroqqa itarilayotganlari videosini e’lon qilgan.

Putin Singapurga 13 noyabrda 3 kunlik tashrif bilan keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Singapurda metallqidirgich ramkasidan o‘tishga majbur qilindi (video)