
Fojia Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida sodir bo‘ldi. 24 yoshli J Jagadish ismli yigit 50 yoshli morboz Gurunadxmam Ramishning xonadoniga kirgandi. U kobra iloni bilan mashg‘ulot o‘tkazish asnosida bu manzarani videoga ham tushirayotgan ekan. Yigit morbozdan kobra bilan birga suratga tushishga izn berishini so‘radi. Morboz rozi bo‘ldi.
Jagadish kobrani yelkasiga qo‘yib, boshini mahkam ushlab turgandi. Suratga olindi. Biroq shu orada ilon Jagadishning qo‘lini tishlashga ulgurdi. Yigit o‘zini yomon his qilib hushidan ketdi. Morboz va uning uyidagilar zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishdi. Baxtga qarshi Jagadish kasalxonada vafot etdi. Qancha harakat qilishmasin, vrachlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Morboz esa azbaroyi qo‘rqib ketganidan uyidan qochib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha kun oldin u kobraning tishlaridagi zaharni to‘liq sug‘urib olgan ekan. Lekin ilon yana zahar to‘plabdi. Bundan tashqari, morboz hammaga agar ilon chaqsa, unda zaharga qarshi dori borligini ham aytib maqtangandi. Ammo u Jagadishga o‘sha dorini ham bermadi.
Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Morboz Gurunadxmam Ramish qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar