23:17 / 17.11.2018
3 278

Gul do‘konida bosqinchilik qilgan kishi notanish qizga gul dastasini sovg‘a qildi

Gul do‘konida bosqinchilik qilgan kishi notanish qizga gul dastasini sovg‘a qildi
Moskvada erkak kishi gul do‘konini o‘marib, o‘g‘irlangan guldastani yo‘ldan o‘tib ketayotgan qizga hadya qildi, deb xabar qildi "Sof" nashri.

Noma’lum shaxs gul do‘koniga kirib, xaridor sifatida guldasta tanlagan. Sotuvchi gullarni olib kelganda, u cho‘ntagidan pichoqqa o‘xshash o‘tkir predmetni chiqarib, ayolga tahdid qilgan. U kassadagi pullar va guldastani berishni talab qilib, so‘ngra gullarni bir qizga sovg‘a qildi.

Gumonlanuvchi 32 yoshli migrant ekanligi aniqlangan. Ayni damda u qo‘lga olingan va “bosqinchilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasiga ko‘ra, shunga o‘xshash jinoyatlar majburiy jamoat ishlari yoki 5 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlansa, jazo muddati 10 yil qamoq va 1 million rubl miqdorda jarimagacha ko‘payishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gul do‘konida bosqinchilik qilgan kishi notanish qizga gul dastasini sovg‘a qildi