Moskvada erkak kishi gul do‘konini o‘marib, o‘g‘irlangan guldastani yo‘ldan o‘tib ketayotgan qizga hadya qildi, deb xabar qildi "Sof" nashri.
Noma’lum shaxs gul do‘koniga kirib, xaridor sifatida guldasta tanlagan. Sotuvchi gullarni olib kelganda, u cho‘ntagidan pichoqqa o‘xshash o‘tkir predmetni chiqarib, ayolga tahdid qilgan. U kassadagi pullar va guldastani berishni talab qilib, so‘ngra gullarni bir qizga sovg‘a qildi.
Gumonlanuvchi 32 yoshli migrant ekanligi aniqlangan. Ayni damda u qo‘lga olingan va “bosqinchilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasiga ko‘ra, shunga o‘xshash jinoyatlar majburiy jamoat ishlari yoki 5 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlansa, jazo muddati 10 yil qamoq va 1 million rubl miqdorda jarimagacha ko‘payishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi