Italiyada Sitsiliya mafiyasi — «Koza nostra»ning 46 nafar a’zosi hamda guruh yetakchisi Settimino Mineo qo‘lga olindi. Ularning barchasi mafiyaga a’zolik, tovlamachilik, noqonuniy qurol olib yurish va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Mineo 80 yoshda. O‘tgan yili, bir umrga qamalgan Toto Riinaning o‘limidan so‘ng, «Koza nostra» boshqaruvi unga o‘tdi.
Mineo Sitsiliya politsiyasiga yaxshi tanish. U mafiya ustidan o‘tkazilgan sudlovda 11 yilga qamalgandi. Ushbu sud tashabbuskori, tergovchi Jovanni Falkone 1992 yili aynan Toto Riina tomonidan o‘ldirtirib yuborilgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda mafiyaning tuzilmasida muammolar bo‘lgan. Shundan so‘ng bir necha klanlar Mineoga «cho‘qintirgan ota» — yetakchi vakolatlarini berishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi