
AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkida iyul oyidagi Rossiya - AQSh sammitida Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashmagani haqida ma’lum qilgach, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) «dahshatga tushdi». Bu haqda Business Insider'ga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda.
Sammit vaqtida Tramp, shuningdek, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uni bunga ishontirganini qayd etib o‘tdi.
«Lenglidagi odamlar buni [Xelsinkidagi matbuot anjumanini] tomosha qilish vaqtida dahshatga tushishdi. Barcha qavatlarda. Hamma shokda edi», - deya aytib o‘tdi manba MRBning Tramp bayonotiga munosabati haqida gapirib.
Keyinchalik, Tramp Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashmagani haqida bayonot berganida, o‘z fikrini noto‘g‘ri ifodalagani haqida ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing