
Amerikaning Merilend shtatida istiqomat qiluvchi ismi-sharifi sir tutilgan 70 yoshli qariya lahzalik lotereya o‘yinida 20 yildan beri ishtirok etib kelardi. U har gal 2-4-7-12-31 raqamlarinigina o‘chirardi. Bu safar nima bo‘ldi-yu, 12 o‘rniga 11 raqamini o‘chiribdi. Xuddi shu adashishi qariyaga 50 ming 15 dollar pul yutug‘ini hadya etdi.
— Men bu lotereya chiptasini oziq-ovqatlar do‘konidan sotib olgandim, — deydi qariya. — Shu gal negadir bitta raqamni adashtirgan ekanman. Xayriyatki, shu adashishim menga katta pul yutishimda yordam berdi…
Qariya pullarning bir qismini o‘zi va rafiqasi yashab turgan uyni ta’mirlashga sarflaydi. Qolganlarini esa uch nafar nevarasiga bo‘lib berarkan.
Manba: Hordiq.uz
LotereyaQariyaPul Yutug‘iMerilend ShtatiOziq-ovqatlar Do‘koniNevaraTa’mirlashRafiqaYosh O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar