
Hammasiga Petrosyanning jazmani Tatyana Bruxunova sababchi bo‘lgan ekan. Tatyananing o‘zi ham buni tan oldi. Uning aytishicha, hali talabalik paytidayoq Petrosyan bilan tanishgan. Artist uni o‘shanda yordamchi sifatida o‘z teatriga ishga olgan. Oradan uch yil o‘tib, teatr direktori olamdan o‘tgan va Petrosyan Tanyaga shu lavozimda faoliyat yuritishni taklif qilgan. Oldiniga qo‘rqqan. Lekin keyinchalik rozi bo‘lgan.
— Petrosyanning qo‘lida ish boshlaganimda, — deydi Tatyana. — Faqat ish yuzasidan munosabat yuritganman. Artistning uyida yashay ham boshlaganman. Rafiqasi Yelena avvaliga meni juda iliq qarshi olgan. Ammo Petrosyan bilan oramizdagi munosabatlar quyuqlasha borishini sezgach, munosabatini keskin o‘zgartirgan. Hatto, meni pul o‘g‘irlashda ayblagan. Men Petrosyanga boqib, rafiqasi yonida bo‘lishiga qaramay, o‘zini qanchalar yolg‘iz his etishini idrok etib turardim. Oxiri munosabatlarimiz jiddiylashib ketdi. Biz uchrasha boshladik. Yevgeniy mening eng yaqin insonimga, dardkashimga aylandi. Qalbini chirmab olgan yolg‘izlik asta-sekin g‘oyib bo‘ldi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar