
Rossiyaning Mitishi shahrida istiqomat qiluvchi 13 yoshli qizaloq selfi qilishga urinayotganda, travmatik toʻpponchadan oʻz yuzini otib qoʻyadi. Bu haqda Rossiyaning Moskva viloyatidagi Tergov qoʻmitasining Bosh tergov boshqarmasi xabar berdi. Hodisa 5 yanvar kuni shahar tashqarisidagi uyda sodir boʻlgan.
Qizaloq suratga tushishga qaror qiladi va otasining ruxsatisiz uning travmatik toʻpponchasini gʻilofdan chiqaradi.
“Oʻzining ehtiyotsizligi bilan qurolning tepkisini bosadi va tasodifan oʻz yuzini otib qoʻyadi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda keltirilishicha, uning pastki jagʻi singan. Hozirda dastlabki tekshiruv oʻtkazilmoqda. Qizaloqning otasi qurolni zarur boʻlgan holda saqlamagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar