Hindistonda 4 yoshli qizaloq 12-qavatdan qulab halok bo‘ldi (video)

Hindistonning Mumbay shahrida to‘rt yoshli qizaloq ko‘p qavatli uyning 12-qavatidan pastga tushib ketib vafot etdi. Ushbu mudhish hodisa videokuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan bo‘lib, fojia tafsilotlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ona xonadon eshigini qulflayotgan vaqtda qizaloqni yo‘lakdagi oyoq kiyim javoni ustiga bir necha soniyaga qoldirgan va u ochiq derazadan muvozanatini yo‘qotib qulagan.
Hindistonning Mumbay shahrida yuz bergan mudhish hodisa videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etildi. To‘rt yoshli qizaloq ko‘p qavatli uy balkonidagi ochiq derazadan qulab tushib, halok bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ona xonadon eshigini qulflayotgan paytda qizaloqni yo‘lakdagi oyoq kiyim javoni ustiga bir necha soniyaga o‘tqazib ketgan. Shu vaqt ichida qizaloq o‘rnidan turib, ochiq deraza tokchasiga o‘tirmoqchi bo‘lgan. Biroq u muvozanatini yo‘qotib, pastga qulab tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan shifokorlar yetib kelib, bolani shifoxonaga olib ketgan. Biroq og‘ir tan jarohatlari tufayli uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Mazkur fojia ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar ota-onalarni, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarni kichik yoshdagi bolalarni bir lahza bo‘lsa ham nazoratsiz qoldirmaslikka hamda deraza va balkonlar atrofida xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.






























Izohlar 0
…