10:15 / 16.01.2019
7 173

Rossiya prezidenti maoshidan qanday maqsadlarda foydalanadi?

Rossiya prezidenti maoshidan qanday maqsadlarda foydalanadi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlashicha, Putin bir yilda nari borsa ikki marta maoshidan foydalanadi.

Peskovning aytishiga ko‘ra, Putin maoshi va harbiy xizmatdan keyingi pensiyasini «Rossiya» bankida saqlay boshlagan. Bunga ilk bor Amerika tarafidan Rossiyadagi kompaniyalarga nisbatan sanksiya qo‘llanishi sabab bo‘lgan. O‘shanda sanksiya e’lon qilingan kompaniyalar orasida «Rossiya» banki ham bor edi. Bank ahli ham o‘shanda Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishida ayblangan. Shundan keyin Rossiya rahbari maoshi va pensiyasini o‘sha bankda saqlashga ahd qilgan.

— Vladimir Putin, — dedi Peskov. — Naqd pulni yiliga bir yoki ikki marta olib yuradi. Shunda ham maosh, pensiyasidan tog‘ chang‘isida uchish va o‘sha yerdagi kafeda ovqatlanish haqini to‘lashda foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya prezidenti maoshidan qanday maqsadlarda foydalanadi?