Facebook «muvofiqlashtirilgan ishonchsiz harakatlar» uchun juda ko‘p sahifa va akkauntlarni o‘chirib tashladi. Kompaniya blogida xabar berilishicha, ushbu akkauntlardagi postlar Sputnik axborot agentligi xodimlari tomonidan olib borilgan.
«Biz ushbu sahifa va akkauntlar kontenti uchun emas, ular tomonidan chop etilayotgan hatti-harakatlar uchun o‘chirdik. Ushbu faoliyat ortida turganlar, o‘z harakatlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirilgan soxta akkauntdan foydalangan holda yuritgan, bu esa bizning harakatlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qildi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Mazkur akkauntlar Boltiq, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ma’lumot tarqatishga yo‘naltirilgan:
«Ushbu sahifa ma’murlari va akkaunt egalari asosan Ruminiya, Latviya, Estoniya, Litva, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Qirg‘izistondagi OAV sifatida yoki ob-havo, sayohat, sport, iqtisodiyot yoki siyosat mavzularidagi akkaunt sifatida ko‘rsatgan», — deyiladi xabarda.
Facebook’da o‘chirilgan sahifalarning umumiy soni 364 ta. Ushbu akkaunt va sahifalar 790 mingga yaqin obunachilarga ega bo‘lgan.
Ushbu sahifa ma’murlari ularni rivojlantirishga 135 ming AQSh dollar sarflagan.
Facebook’ning qayd etishicha, tekshiruv natijalari AQSh huquq-tartibot organlari, AQSh Kongressi va boshqa texnologik kompaniyalar hamda nomlari qayd etilgan mamlakatlarning siyosatchilari bilan bo‘lishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi