5 360
Avstraliyalik 138 kilo vaznga ega ayol qanday semirganini, keyin qanday ozganini aytib berdi
Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi Marni Benni (Marnie Benney) yaqin-yaqinlarda ham 138 kilogramm vaznga ega edi. Oʻzining tan olib aytishicha, bu vaznga soʻnggi ikki yil ichida ega chiqqan. Chunki ovqatlanish masalasida talabi dunyocha edi. Ayol tan olib aytdiki, bir haftada 450-500 Avstraliya dollari miqdoridagi pulni fastfud, fish-end-chips hamda Xitoy lapshasiga sarflagan. Mahsulotlarni internet orqali buyurtirgan. Ularni uyiga eltib berishgan. Bundan tashqari, Marni kuniga uch litr shakarsiz gazli ichimlik ichgan. Asabiylashsa, shirinliklarsiz, qovurilgan tuxummi, kolbasami, ishqilib shularsiz tinchlana olmagan.
— Men ertalab nonushta qilmasdim, tushlikdan voz kechardim, — deydi uning oʻzi. — Uyga kelgach, bir dunyo fastfudga buyurtma berardim-da, boʻkib qolguncha yerdim…
47 yoshli bu ayolga oʻzining semizligi yoqmasdi albatta. Koʻp marotaba fitnes, boshqa sport turlari bilan shugʻullanish uchun toʻgaraklarga yozilgan. Ammo bir-ikki marta qatnagach, erina boshlagan-u bormay qoʻygan.
Ammo hamma narsaning boshi va oxiri boʻlganidek, kunlarning birida vrach koʻrigidan oʻtdi-yu, dahshatga tushib qoldi. Vrachning aytishiga qaraganda, agar zudlik bilan sogʻlom turmush tarzini boshlamasa, infarkt yoki insultga uchrashi tayin ekan. Juda boʻlmaganda qandli diabetning 2- turiga uchrarkan.
Qoʻrqmay ham boʻpti. Ayol oyogʻi kuygan tovuqdek tipirchilab qoldi-yu!..
Toʻgʻri, dastlabki ikki oyda Benni mustaqil ravishda egilib, krossovkasining bogʻichlarini bogʻlay olmay yurdi. Shunga qaramay, murabbiy koʻnglini koʻtarib, bogʻichlarni boylashda, yechishda yordamlashib turdi. Qarabsizki, 11 oy deganda 70 kilogramm vazn tashladi. Yugurish marafonida ilk bor boshqalar qatori toʻliq yugurib oʻta oldi.
Benni shu kunlarda oʻzini juda yaxshi his etmoqda va dunyoda undan baxtliroq inson yoʻqdek quvonib yashamoqda. Shu bilan birga dunyodagi semizlikdan qiynalayotganlarga nima qilib boʻlmasin, ozishni maslahat bermoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi