«Zamin» sayti tahririyati barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillikning 35 yilligi bilan qutlaydi

«Zamin» sayti tahririyati barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillikning 35 yilligi bilan qutlaydi

Qadrli yurtdoshlar, aziz va muhtaram «Zamin» saytining doimiy o‘quvchilari!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan «Zamin» sayti tahririyati nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimiz uchun erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik, milliy qadriyatlarimiz hamda buyuk kelajak sari ishonch bilan intilish ramzidir.

Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayzu barakaga to‘la bo‘lsin! Dasturxonlarimiz doimo to‘kin-sochin, qalblarimiz shodlikka to‘la bo‘lsin!

Ilohim, tinchligimizga ko‘z tegmasin, yurtimizdan fayzu baraka, xalqimizdan totuvlik va mehr-oqibat aslo arimasin!

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat bilan,
«Zamin» sayti tahririyati

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar