Teleboshlovchi va bloger Anastasiya Ivleyevaga uch yil davomida Ukraina hududiga kirish taqiqlandi.
Ukraina davlat chegara xizmati ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqning rossiyalik «yulduzi»ni Minskdan Kiyev aeroportiga qo‘ngan reys tekshiruvida to‘xtatishgan.
Ivleyeva Qrimga borgani uchun Ukraina qonunlarini buzgan deb topilgan va uch yil ushbu davlatga kirishi taqiqlab qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Anastasiya Ivleyeva «Oryol i reshka. Perezagruzka» ko‘rsatuvining boshlovchisi va taniqli bloger hisoblanadi. O‘tgan yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda metro va markaziy maydonlardan birini tasvirga olish jarayonida Ivleyeva va jamoani tartibni saqlash xodimlari to‘xtatgandi va ularga ayrim hududlarga tasvirga olishga ruxsat berishmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi