23:20 / 05.02.2019
4 074

«Oryol i reshka» ko‘rsatuvi boshlovchisi Ivleyevaga uch yil Ukrainaga kirish taqiqlandi

«Oryol i reshka» ko‘rsatuvi boshlovchisi Ivleyevaga uch yil Ukrainaga kirish taqiqlandi
Teleboshlovchi va bloger Anastasiya Ivleyevaga uch yil davomida Ukraina hududiga kirish taqiqlandi.

Ukraina davlat chegara xizmati ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqning rossiyalik «yulduzi»ni Minskdan Kiyev aeroportiga qo‘ngan reys tekshiruvida to‘xtatishgan.

Ivleyeva Qrimga borgani uchun Ukraina qonunlarini buzgan deb topilgan va uch yil ushbu davlatga kirishi taqiqlab qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Anastasiya Ivleyeva «Oryol i reshka. Perezagruzka» ko‘rsatuvining boshlovchisi va taniqli bloger hisoblanadi. O‘tgan yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda metro va markaziy maydonlardan birini tasvirga olish jarayonida Ivleyeva va jamoani tartibni saqlash xodimlari to‘xtatgandi va ularga ayrim hududlarga tasvirga olishga ruxsat berishmagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Oryol i reshka» ko‘rsatuvi boshlovchisi Ivleyevaga uch yil Ukrainaga kirish taqiqlandi