
Sochi shahrida Turkiya va Eron prezidentlari Rajab Toyyib Erdog‘an hamda Hasan Ruhoniy o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Erdog‘an bilan Ruhoniy o‘rtasidagi muzokaralar matbuotga yopiq tarzda 1 soat 10 daqiqa davom etdi.
Uchrashuv Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Eron rahbarlarining Suriya bo‘yicha uch tomonlama sammiti arafasida o‘tkazildi.
Mazkur yopiq uchrashuvda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy razvedka xizmati rahbari Hakan Fidan, Turkiya prezidentining ma’muriyat bilan aloqa idorasi rahbari va Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ishtirok etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar