Buxoroda elektr tarmoqlari 745 kilometrga uzaytiriladi

O‘zbekiston energetikasida yangi quvvatlarni ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida qariyb 2 ming megavatt quvvatga ega elektr stansiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oldindagi uch yilda esa 3,1 ming megavatt quvvatli shamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattlik energiya saqlash tizimlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Yangi elektr stansiyalaridan olinadigan energiyani iste’molchilarga yetkazish uchun tarmoqlarni ham modernizatsiya qilish zarur. Shu bois Buxoro viloyatida uch yil mobaynida 745 kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilishi belgilangan.
To‘qimachilik sanoatida ham eksport hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi. Xususan, xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilish orqali Buxoroda tayyorlanayotgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga olib chiqishni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Kelasi yil uchun kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ikki barobar ko‘paytirish maqsad qilib belgilandi.

























Izohlar 0
…