Iroqlik ko‘p farzandli ayol bittada 7 farzand tug‘di. Ayolning bungacha 3 farzandi bor edi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Ayol 6 qiz va bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bolalarning otasi Yusuf Fazl va uning 25 yoshli rafiqasi yana farzand ko‘rishni rejalashtirishmagan edi.
Ayni vaqtda 7 egizning onasi ortidan shifokorlar kuzatuv olib bormoqda, uning ahvoli barqaror. Barcha bolalar sog‘lom tug‘ilishgan.
Bir yil avval livanlik juftlikda 6 egiz farzand dunyoga kelgandi. Bungacha juftlikning 4 farzandi bo‘lgan va ular 5-farzandlari bo‘lishini istashgan. Ammo unga qo‘shilib yana 4 farzand tug‘ilgan.
Ta’kidlash joizki, 7 egiz tug‘ilishi holati ilk bor 1997 yilda AQShning Ayova shtatidagi De-Moyn shahrida qayd qilingan. Juftlikda bungacha katta yoshli farzandi bo‘lgan. E’tiborlisi, egizaklarning ota-onasi Bobbi va Kenni Makkogi ko‘p yillar davomida bepushtlikka qarshi kurashishgan. Egizaklardan 2 nafari baxtga qarshi bolalar serebral falaji bilan dunyoga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda