Iroqlik ko‘p farzandli ayol bittada 7 farzand tug‘di. Ayolning bungacha 3 farzandi bor edi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Ayol 6 qiz va bir o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Bolalarning otasi Yusuf Fazl va uning 25 yoshli rafiqasi yana farzand ko‘rishni rejalashtirishmagan edi.
Ayni vaqtda 7 egizning onasi ortidan shifokorlar kuzatuv olib bormoqda, uning ahvoli barqaror. Barcha bolalar sog‘lom tug‘ilishgan.
Bir yil avval livanlik juftlikda 6 egiz farzand dunyoga kelgandi. Bungacha juftlikning 4 farzandi bo‘lgan va ular 5-farzandlari bo‘lishini istashgan. Ammo unga qo‘shilib yana 4 farzand tug‘ilgan.
Ta’kidlash joizki, 7 egiz tug‘ilishi holati ilk bor 1997 yilda AQShning Ayova shtatidagi De-Moyn shahrida qayd qilingan. Juftlikda bungacha katta yoshli farzandi bo‘lgan. E’tiborlisi, egizaklarning ota-onasi Bobbi va Kenni Makkogi ko‘p yillar davomida bepushtlikka qarshi kurashishgan. Egizaklardan 2 nafari baxtga qarshi bolalar serebral falaji bilan dunyoga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?