22:35 / 02.03.2019
5 819

Turkiya uygʻurlarni himoya qilgani uchun Xitoy “poʻpisa qildi”...

Turkiya uygʻurlarni himoya qilgani uchun Xitoy “poʻpisa qildi”...
Xitoy “Agar Anqara uygʻurlar tufayli Pekinni tanqid qilishni davom ettiraversa, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlikaga uchraydi” deya Turkiyani ogohlantirdi.

“Doʻstlar oʻrtasida tushunmovchilik yoki farqli fikrlar boʻlishi mumkin. Biroq buni muloqot yoʻli bilan hal qilishimiz mumkin. Doʻstingizni har joyda tanqid qilaverish toʻgʻri emas”, – dedi Xitoyning Turkiyadagi elchisi Deng Li “Reyter”ga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, iqtisodiy aloqalar rivojlanishi va Xitoy kompaniyalari Turkiyaga koʻproq kelishi uchun diplomatik va siyosiy aloqalar yaxshi boʻlishi lozim.
“Mamlakatlar oʻrtasida eng muhimi – oʻzaro hurmat. Agar doʻstingiz, sizni har kuni tanqid qilib tursa, bunday doʻstlik davom etadimi?” – dedi elchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya uygʻurlarni himoya qilgani uchun Xitoy “poʻpisa qildi”...