Arxeologlar qadimgi Misr davriga tegishli boʻlgan, choʻkib ketgan qayiq qoldiqlarini topishdi. Bunga qadar olimlar bunday qayiq mavjud boʻlganiga dalillar yoʻqligi tufayli uzoq vaqt davomida shubha bilan qarab kelishgan. Uning gʻayrioddiy tuzilishi birinchi boʻlib eramizdan avvalgi 450 yilda Herodot tomonidan tasvirlangan. Bu haqda The Guardianʻga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar Iskandariyadan 32 kilometr shimoli-gʻarbdagi Nil etagi yonida joylashgan qadimgi Misrning Tonis-Geraklion shahri suv ostiga gʻarq boʻlgan qismi yaqinidan qayiqni topishdi. “17-kema” deb nomlangan obyektning qazilma ishlari kema yarim oy shaklidagi katta korpus va ilgari nomaʼlum boʻlgan, turkumli tuzilmalarga ega qalin taxtalarni oʻz ichiga oluvchi konstruksiyaga egaligini koʻrsatdi. Qayiq uzunligi 28 metrga teng boʻlgan, deb baholanmoqda.
Foto: Christoph Gerigk / Franck Goddio / Hilti Foundation
Taʼkidlanishicha, akas yogʻochidan tayyorlangan qayiq korpusining 70 foizi yaxshi saqlanib qolgan. Kema oʻq rul yordamida boshqarilgan, u eshkak bilan bogʻlangan hamda kema quyrugʻidagi ikki teshik orqali oʻtkazilgan. Olimlarning soʻzlariga koʻra, turkumli tuzilmalar kema konstruksiyasi noyob boʻlgani va Herodot tomonidan tasvirlanganiga aniq mos kelishidan dalolat beradi.
Foto: sciencealert.com
Herodot - qadimgi yunon tarixchisi boʻlib, eramizdan avvalgi 484-425 yillarda yashagan. U Bobil, Ossuriya, Misr, Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroliga borgan. Asosiy ishi - “Tarix” risolasi, unda Yevrosiyodagi koʻplab xalqlar hayoti tasvirlab beriladi.
Foto: Christoph Gerigk / Franck Goddio / Hilti Foundation “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti