Yangi Zelandiyadagi masjidda 50 kishini oʻldirgan terrorchiga Avstriyaning “Avstriya identitar harakati” ultra-oʻng tashkiloti moliyaviy qoʻllab-quvvatlov taqdim etgan. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
“Biz Avstriyadagi identitarchilar yangi zelandiyalik jinoyatchiga moliyaviy yordam koʻrsatgani, shuningdek, u bilan aloqada boʻlganini tasdiqlashimiz mumkin”, - deya maʼlum qildi u. Kursning qoʻshimcha qilishicha, Avstriyada ekstremizm uchun joy yoʻq va uning turli koʻrinishlariga toqat qilib boʻlmaydi.
Kansler tezkorlik bilan surishtiruv oʻtkazish, Avstriya hududida qandaydir harakatlar amalga oshirilganini aniqlash va aybdorlarni jazolash zarurligini taʼkidladi.
Avvalroq, Avstriya konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash federal idorasi “Avstriya identitar harakati” rasmiy vakili Martin Zellnerning kvartirasida tintuv oʻtkazgandi. Bu yangi zelandiyalik terrorchi bilan aloqalar boʻyicha gumonlarga bogʻliq.
Kraystcherch shahridagi masjidga hujum 15 mart kuni yuz berdi, 50 kishi halok boʻldi, yana 40dan ortiq inson yaralandi. Bir necha gumonlanuvchi qoʻlga olindi, biroq ayblov roʻy berayotgan hodisani internetda translyatsiya qilgan va fojiadan bir kun avval “Buyuk oʻzgarish” deb nomlangan 37 sahifalik manifestni eʼlon qilgan avstraliyalik Brenton Tarrantga qoʻyildi. Keyinchalik, u hujumga Yevropadagi teraktlar ilhomlantirganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi