Afgʻonistonda ilk attraksionlar bogʻi ochildi

1 daqiqa o'qish3.3K
Afgʻonistonda ilk attraksionlar bogʻi ochildi
Afgʻoniston poytaxti Kobulda mamlakatdagi ilk attraksionlar bogʻi ochildi, deb xabar berdi Kun.uz.

Doimiy portlashlar va teraktlardan charchagan Kobul aholisi va ularning farzandlarida urushdan biroz boʻlsa-da dam olish, zavqlanib, kayfiyatni koʻtarishga imkon paydo boʻldi. Kabul City Park deb nomlangan bogʻ Kobul daryosi boʻyida shahar hokimligi va xususiy kompaniyalar koʻmagida qurilgan. Bogʻ 5 gektardan koʻproq maydonni egallagan.

“Afgʻonistonliklar urushlar, portlashlar va terrorchilar hujumlaridan charchashgan. Umid qilamanki, shahar bogʻi ularning koʻngillarini ovutib, birozga boʻlsa-da baxtiyor qila oladi”, deb aytgan bogʻ direktori Habibulloh Asmatiy.

Bogʻda “tomosha gʻildiragi” va amerikancha tepaliklarda uchish mumkin, u yerda roliklarda uchish uchun yoʻlaklar, avtodrom, peyntbol uchun maydon va boshqa koʻplab attraksionlar mavjud.

Taʼkidlanishicha, koʻngilochar bogʻ soat 9dan yarimtungcha ishlaydi. Kuniga unga oʻrtacha mingga yaqin odam tashrif buyurmoqda. Bogʻga kirish chiptasi 30 afgʻoniyni (40 AQSH senti) tashkil qiladi. Attraksionlarga chiptalar esa alohida sotiladi. Bundan tashqari, bogʻda ovqatlanib, filmlar koʻrish uchun restoran va kinoteatrga aylantirilgan eski samolyot mavjud.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?