
O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi Tula viloyati Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda.
Marhum kelib chiqishiga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbekistonlik bo‘lib, 2011-yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko‘chirgan hamda Rossiya Fedratsiyasi fuqaroligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan. 2019-yilning 1-may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazildi hamda 2-may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jo‘natish va dafn etish harajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga oldi. Marhumning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qaramog‘ida qoldi.
Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat (odam o‘ldirish) alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan. Ayni paytda u bilan tergov ishlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi.
O‘zbekistonMoskvaTula viloyatiJinoyat kodeksiTergov boshqarmasiFuqarolik pasporti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar