Qirg‘izistonning sobiq prokurori Aida Salyanova «kriminal avtoritetni noqonuniy ozod qilgani» ishi bo‘yicha qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, hozirda Salyanova vaqtinchalik saqlash izolyatorida. U o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlik va kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha ayblanmoqda.
Avvalroq shu ish yuzasidan bir necha shifokorlar, sobiq bosh vazir Shamil Ataxanov, Sog‘liqni saqlash vazirligi sobiq vaziri Dinara Saginbayeva va jazoni ijro etish xizmati raisining sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev qo‘lga olingan edi. Ularga nisbatan korrupsiyada ishtirok etish, shuningdek hujjatlarni qalbakilashtirishda ishtirok etish ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirgani uchun 18 yil-u 8 oyga hukm qilingan. Hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimi o‘ldirilgan edi.
Oradan 7 yil o‘tib Batukayev shifokorlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra qon saratoni kasalligining so‘nggi bosqichi tashxisini bilan muddatidan oldin ozod qilingan. Bir necha soat o‘tganidan keyin esa yangi pasport bilan shaxsiy samolyotda mamlakatdan chiqib, Chechenistonga ketgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uning ozod etilishiga Qirg‘iziston mansabdor shaxslari ham aloqador bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi