Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda TASS agentligi turkmanlarning Moskvadagi diplomatik missiyasi xodimiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Bu mutlaqo yolg‘on», degan manba.
«Interfaks» manbasi ham bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
«Bu axborot emas, soxta axborot. Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», degan elchixona xodimi.
Shuningdek, Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi ham prezident o‘limi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan. Qirg‘iziston TIV ham bu ma’lumotni «yolg‘on xabar» deb atagan.
20-21 iyul kunlari qator nashrlarda 5 iyuldan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 62 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Shuningdek, uning «g‘oyib bo‘lishi» Germaniyada da’volanayotgan onasi Ogulabat Berdimuhamedovaning ahvoli og‘irlashgani bilan bog‘landi.
Berdimuxamedov 1957 yilda Ashxobodda tug‘ilgan. U 2006 yil dekabrida Saparmurod Niyozov (Turkmanboshi) vafot etgach hokimiyatga kelgan - 2007 yil 14 fevralida Turkmaniston prezidentiga aylangan. U 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz olib, uchinchi muddatga qayta saylangandi. Bu saylovdan oldin esa mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi