
Rossiya poytaxti Moskva shahrida ruxsat berilmagan miting chog‘ida 300 atrofida namoyishchi qo‘lga olingan. IIV Bosh boshqarmasi ta’kidlashicha, ushlanganlarning aksariyati mahalliy aholi vakillari emas. Poytaxt markazidagi norozilik qatnashchilari Moskva davlat dumasi saylovlarida muxolifat vakillariga ham ruxsat berilishini talab qilishmoqda. Muxolifat a’zolarining ko‘pchiligi miting boshlanguncha ushlangan.
Poytaxt IIV boshqarmasining ma’lum qilishicha, 295 kishi hibsga olingan.
«Ushlanganlarning aksari Moskva aholisi emas, — deyiladi xabarda. — Ularning barchasi hududiy bo‘limlarga holatga oydinlik kiritish uchun olib keltirilmoqda».
Biroq, «OVD-Info» huquqni himoya qilish tashkiloti 561 kishi ushlanganini ta’kidlamoqda.
Shahar hukumati bilan kelishilmagan miting Meriya yaqinida tashkil etildi. Politsiyaga ko‘ra, mitingda 3,5 ming kishi ishtirok etyapti. Ular orasida 700 jurnalist va bloger ham bor. Ular norozilik aksiyasini yoritishlarini hukumatga oldinroq bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar