Gonduras sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiyada aybdor deb topildi

Gonduras sobiq prezidenti Porfirio Loboning rafiqasi Rosa Elena Bonilya Tegusigalpa shahri sudi tomonidan korrupsiyada aybdor deb topildi. Daryo saytining xabar berishicha, bu haqda 20-avgust kuni Gonduras Oliy sudining Twitterʼdagi sahifasida maʼlum qilingan.
“Bonilya 8 ta firibgarlik va 3 ta oʻgʻrilik holatlari boʻyicha bir ovozdan aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.
Rosa Elena Bonilya 2018-yilning fevral oyi oxirida qoʻlga olingan. Gonduras prokuraturasi uni turli ijtimoiy dasturlarga moʻljallangan 700 ming dollarni oʻzlashtirganlikda ayblagan.
Sobiq birinchi xonimga nisbatan sud hukmi 27-avgust kuni chiqarilishi kutilmoqda. U 58 yildan 87 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Bonilya 8 ta firibgarlik va 3 ta oʻgʻrilik holatlari boʻyicha bir ovozdan aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.
Rosa Elena Bonilya 2018-yilning fevral oyi oxirida qoʻlga olingan. Gonduras prokuraturasi uni turli ijtimoiy dasturlarga moʻljallangan 700 ming dollarni oʻzlashtirganlikda ayblagan.
Sobiq birinchi xonimga nisbatan sud hukmi 27-avgust kuni chiqarilishi kutilmoqda. U 58 yildan 87 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…