Foto: 24tv.ua
Ukrainaning tergovlar davlat byurosi Kiyevdagi “Kuznya na Ribalskom” zavodining oldi-sotdisi ishi bo‘yicha sudgacha tergov doirasida sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga tegishli Xalqaro investitsion bankda tintuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
2019 yil mayida Viktor Yanukovich prezidentligi vaqtida uning ma’muriyati rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Andrey Portnov Poroshenko va uning atrofidagi odamlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha byuroga ariza berishini ma’lum qilgandi. Portnovning ta’kidlashicha, gap Panama ofshorlari, armiyadagi talon-tarojliklar, “Kuznya na Ribalskom”dagi mudofaa buyurtmalari haqida borgan.
25 iyulda Poroshenko byuroda so‘roq vaqtida ushbu ish bo‘yicha tushuntirish bergan.
2018 yil kuzida tadbirkor Sergey Tigipko Poroshenkodan Kiyevdagi zavodni sotib olgandi.
Tintuv o‘tkazilgan bank 2008 yil martida ro‘yxatga olingan. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning bosh aksiyadorlari Pyotr Poroshenko (60 foiz), Igor Kononenko (14,94 foiz), Oleg Gladkovskiy va Oleg Zimin (har birida 9,908 foizdan) bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi