Edvard Snouden yana bir bor global IT gigantlarini tanqid qilib, ularning biznes modellarini shaxsiy hayotga qonuniy tajovuz bilan taqqosladi. Bundan tashqari, u YeI ma’lumotlarini himoya qilishning umumiy reglamentini (GDPR) tanqid qilib, mavjud muammolarni hal qila olmagan “yaxshi urinish“ ekanligini aytdi.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligining (MXA) sobiq xodimi Edvard Snouden video konferensiya orqali Lissabonda Portugaliyadagi Web Sammit texnologiya konferentsiyasida ishtirok etdi. U o‘z nutqida global IT korporatsiyalariga, xususan Amazon, Google va Facebookʼga e’tibor qaratdi, ularning biznes modellarini foydalanuvchilarning shaxsiy hayotiga “buzish“ bilan tenglashtirdi.
MXA tomonidan kuzatuv haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganidan beri, Internet xavfsizligi nuqtai nazaridan dunyo o‘zgarganmi yoki yo‘qmi degan savolga, Snouden ijobiy javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “talonchilik“ zamonaviy sharoitda keng tarqalgan - davlat va xususiy kompaniyalar tom ma’noda odamlar va ularning shaxsiy ma’lumotlarini talashmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning xabardorlik darajasi o‘smoqda, shuning uchun ular “haqli ravishda g‘azablanadilar“. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi